Neksus Ekspeditsiyasi (O'zbek tili / Uzbek Language)


Oʻzbekiston mahalliy ma’muriyatidagi barcha manfaatdor shaxslar diqqatiga:

Mening ismim Dimitri Bernard Kieffer.

Men Frantsiya fuqarosiman, va men hozirgi vaqtda 2005 yil fevral oyida AQShning Alyaska shtati, Ankokridj shahrida boshlangan inson mushaklari kuchi hisobiga amalga oshirilayotgan dunyo boʻylab ekspeditsiyaning yarmini bosib oʻtdim. Men shu vaqtga qadar 15000 km masofani bosib oʻtdim: buning ichiga uzunligi 5000 km boʻlgan masofani 6 mavsumdagi qish davomida piyoda hamda 10000 km maosfani 3 mavsumdagi yoz daomida velosipeda bosib oʻtdim.

Men yoʻlga tushganimdan beri Alyaskani bosib oʻtdim, shundan soʻng suzishga oʻtdim, yana piyoda yurdim va 2006 yil aprel oyida Bering qoʻltigʻi orqali changʻida Rossiya qirgʻoqlariga etib keldim. Shundan soʻng men changʻida yurishni davom ettirib, janubi-gʻarbiy yoʻnalishda Rossiyaning Magadan oblastidagi Omsukchan degan joyiga etguncha harakatlandim.

Shu vaqtdan boshlab menga mening rossiyalik turmush oʻrtogʻim Gulnara Kiffer qoʻshildi, va biz birgalikda velosipeda Moʻgʻoʻliston, Xitoy, Qozogʻistonni velosipeda bosib oʻtdik, shu yoʻsinda biz 2013 yil dekabr oyida Qirgʻizistonning Bishkek shahriga etib keldik.

Qirgʻizistonda qish oylarini oʻtkazib (2014 yil yanvar-mart oylari), biz 20 aprelda velosayohatni janubiy yoʻnalishda Qirgʻiziston va Tojikiston orqali davom ettirmoqchimiz.

Biz Oʻzbekistonga 2014 yil iyul oyida Denov-Tursunzoda chegara oʻtish yoʻli orqali kirib borishni, bunda velosipeda Sariosiyo, Denov, Boysun, Qorashina, Dehqonobod, Gʻuzor, Qiziltepa, Shahrisabz, Kitob, Qoratepa, Kenagas, Samarqanda, Charkin, Juma, Kattaqoʻrgʻon, Oqtosh, Ziyodin, Karmana, Qiziltepa va nihoyat Buxoro shaharlari orqali oʻtishni rejalashtirganmiz.

Yoʻnalish xaritasi:

https://maps.google.com/maps/ms?msid=212111032970980715660.0004f69ba97927e086b4a &msa=0&iwloc=0004f69cd45bc67348c37&dg=feature



Biz Sizlar bilan Sizlarning soʻzlashadigan tilingizda muloqot qila olmasligimiz uchun uzr soʻraymiz. Shunga qaramay, biz bir-birimizni tushunamiz deb umid qilamiz!

Sizlarga mehmondoʻstligingiz uchun va yuksak darajada qoʻllab-quvvatlaganingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz!

Dimitri Bernard Kieffer va Gulnara Kieffer Neksus Ekspeditsiyasi
Latest Update
Nexus Expedition in the Arab Republic of Egypt (العَرَبِيَّة‎‎/English version)
Friday March 17, 2017 - Tala bay, Aqaba, Jordan


السابع عشر من نيسان 2017
إلى من يهمه الأمر في سلطات جمهورية مصر العربية:
إسمي ديميتري برنارد كيفير
أنا مواطن فرنسي و أنا الآن في رحلة إستكشافية حول العالم بالإعتماد على القوة العضلية للإنسان
بدأت رحلتي من أنكوريج-الاسكا في أمريكا عام 2005 وهذه الرحلة تتقدم بشكل متقطع وذلك حسب ...
Translated Introductions
Click a flag below for general information about Nexus Expeditions in Chinese, Mongolian, Kazak, Kyrgyz, Tajik, Uzbek, Turkmen, Persian and Arabic!
Translate this page!
Human Translations:


Additional approximate translations provided by an automated system:


Where Are We Now?
Mailing List Sign-Up
Subscribe through the form below to receive monthly updates, stories and photography as we continue our journey.